Erik ten Xag kelasi mavsumda Krishtianu Ronalduga ishonch bildirmaydi

Alisher
16 apr 2022, 12:10
"Manchester Yunayted" bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan "Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan ishlamoqchi emas.

52 yoshli niderlandiyalik mutaxassis o'z lavozimiga kirishishi bilan 37 yoshli Portugaliya terma jamoasi forvardidan qutuladi.

Ten Xag MYU rahbariyati bilan muzokaralarda Ronalduga ishonch bildirmasligini va u futbol uslubiga mos tushmasligini xabar qildi.

Ronaldu joriy mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Daily Star