Erik ten Xag jarohatlar haqida: "Bu hech nimani o'zgartirmaydi"

Mirjalol Normatov
2 avg 2024, 20:17
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoada jarohatlar bilan bog'liq holat haqida gapirdi.

Mavsumoldi yig'inlar davomida Leni Yoro  3 oyga, Rasmus Xeylund 6 haftaga, shuningdek, Markus Reshford hamda Antoni noma'lum muddatga safdan chiqdi.

O'tgan yil davomida "Manchester Yunayted"da 66 jarohat holati kuzatildi.

"Bu futbolning bir qismi, ayniqsa, top-futbolning. Qachonki o'yinga chiqayotgan ekansan bor kuching bilan jang qilasan, shu sababli jarohatlardan qochib bo'lmaydi. Biz bunga ham klub ham jamoa sifatida tayyor bo'lishimiz kerak.

Jarohatlangan futbolchiilarning tiklanishi yaxshi ketmoqda. Ular ijobiy kayfiyatda tezda safga qaytishi kutilmoqda. Yozgi transferlar uchun ajratilgan mablag' kam bo'lgani uchun jarohatlanganlar o'rnini bosa olmaymiz. Bu hech nimani o'zgartirmaydi. Bizda reja bor va bundan chiqib ketmaymiz - uni bajaramiz", - dedi ten Xag.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian