Erik Kantona: "Fransiya terma jamoasini boshqarish? Yo'q, rahmat"

Tolibjon Qosimov
18 dek 2013, 15:19
Afsonaviy hujumchi Erik Kantona bir kun kelib Fransiya terma jamoasida ishlash fikri borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Fransiya termasini boshqarish? Yo'q, rahmat. Har ikki oyda yig'iladigan va bir hafta mashg'ulot o'tkazadigan futbolchilarni boshqarish qiyin.

Futbolga bir kun kelib qaytsam ham klubga bosh murabbiy bo'lib ishlayman. U yerda har kuni futbolchilar bilan birga mashg'ulot o'tkaza olaman.

Balki "Sent-Eten" yoki "Lans" kabi klublarini boshqarishni o'ylab ko'rarman", – deydi Kantona.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru