Enrike: "Telefonim "Barselona" muxlislaridan kelgan xabarlarga to'la"

Khoja
10 iyul 2025, 08:56
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Real"ni mag'lub etganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Telefonim "Barselona" muxlislaridan kelgan xabarlarga to'la. Bugungi o'yin juda muhim ekanligini yaxshi bilardik. Biz bugun dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bahs olib bordik. "Real Madrid" - buyuk jamoa. Bunday raqibga qarshi bahs olib borish esa doim qiyin. Bugun biz to'xtamadik. Maydonda oxirgacha harakat qildik. Issiq havo o'yinga biroz ta’sir qildi. Bizni uch kundan so'ng final kutmoqda. Biz maqsadimiz tomon yurishda davom etamiz. Biz tarixga kirishni istaymiz. Tarixga kirganimizdan so'ng esa bemalol dam olsak bo'ladi", - dedi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, PSJ finalda "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 13 iyulga belgilangan.


O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: soccer.ru