Enrike Sereso: “Aguero “Atletiko”dan orqa eshik orqali chiqib ketgan”

Aslanov Jasurbek
7 fev 2017, 23:28
“Atletiko” prezidenti Enrike Sereso jamoaning sobiq hujumchisi, ayni paytda “Manchester Siti” sharafini himoya qilayotgan Aguero haqida to'xtaldi.

“Ayni paytda u “bozor”dagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Ammo vaqtida u “Ateltiko”dan ahmoqona tarzda ketgandi. Biz u bilan qahramonlardek xayrlashmoqchi edik. Ammo u noto'g'ri tarzda klub bilan xayrlashgandi.

Men kechirimli insonman. Ammo Serxio jamoadan orqa eshikdan chiqib kyetib qolgandi”, deydi “Atletiko” prezidenti.

Avvalroq Agueroning “Manchester Siti”ni tark etishi haqida xabarlar chiqqandi. 2011 yili argentinalik futbolchi “Atletiko”dan “Siti”ga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: COPE