Enrike jurnalistga Bravo kelajagi haqida aytib berishni so'radi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2016, 12:43
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa darvozaboni Klaudio Bravo kelajagi haqida hech narsa bilmasligini aytdi.

Ispan va britan OAVso'nggi kunlarda chililik posbonning "Manchester Siti"ga o'tishi haqida ko'p marotaba yozishdi. Navbatdagi matbuot-anjumanida jurnalistlardan biri ko'k-anorranglilar ustozidan "Betis"ga qarshi bahs Bravo uchun Kataloniya klubi safidagi so'nggi o'yin bo'lishi haqida so'radi.

"Bilmayman, bu haqda siz menga gapiring. Men takliflar haqida gapirmayman" - deydi Luis Enrike.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS