Enrike: "Ispaniya favorit ekanligini maydonda ham isbotlashi lozim"

Aziz Tukhtamuradov
2 dek 2018, 19:54
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Evro-2020 saralash bosqichiga tashlangan qur'adan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ispaniyaliklar 2020 yilgi Yevropa chempionatiga yo'l olish uchun F guruhida Shvetsiya, Norvegiya, Ruminiya, Farer orollari va Malta terma jamoalariga qarshi o'yin o'tkazadilar.

"Bu qog'ozda qiyin guruh. Biz favoritmiz, ammo buni maydonda isbotlash lozim.

Tajriba qilamizmi? Bu yerda o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lmaydi. Tajriba o'tkazish albatta yaxshi. Ammo, biz jamoani shakllantirishda davom etishimiz lozim", - dedi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sport.es