Engilmas Pavar

Mirjalol Normatov
10 sen 2018, 20:12
Fransiya termasi himoyachisi Benjamen Pavar terma jamoalar miqyosidagi o'yinlarda mag'lub bo'lmagan.

22 yoshli himoyachi Fransiyaning 19 yoshgacha bo'lgan termasida 4 uchrashuvda qatnashgan va barchasida g'alabaga erishgan. 21 yoshli termada esa 15 o'yinda 12  marta g'olib bo'lib, qolgan 3 o'yinda durang qayd etilgan.

Pavar milliy terma jamoa bilan 11 marta g'alaba qozongan bo'lsa, uch marta durang o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA