Eng ishonchli insayder Fabricio Romano nihoyat Mbappening kelajagi haqida fikr bildirdi

Khoja
3 fev 2024, 10:38
Taniqli insayder Fabricio Romano PSJ hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi borasida fikr bildirdi.

“Parda ortida” “Real Madrid” jamoasi Mbappening transferi bo'yicha qattiq ishlamoqda. Ular Mbappe bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda. “Real” ishni boshlagan, yaqin orada natijasi e'lon qilinadi”, - dedi Fabricio Romano.

Eslatib o'tamiz, Mbappening PSJ bilan tuzgan shartnomasi yozda yakunlanadi. Parijliklar futbolchini jamoada saqlab qolish uchun yiliga 100 million evro berishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com