"Energetik-BGU" 4 futbolchi bilan hayrlashdi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2023, 15:33
"Energetik-BGU" yangi mavsum oldidan 4 futbolchi jamoadan ketganligini ma'lum qildi.

"Hujumchilar Bobir Abduxoliqov va Roman Papariga, yarim himoyachi Oleg Pliev va himoyachi Egor Strelkovskiy "Energetik-BGU"ni tark etdi.

Bobir ushbu mavsumda 26 gol urib, jamoamiz to'purari, Roman esa eng yaxshi assistent bo'lgandi (10ta). Oleg tarkibimizda 14 o'yinda qatnashdi, Egor esa jarohati bois o'yinlarda ishtirok etmadi. Ularning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Энергетик-БГУ" матбуот хизмати