Endi Koul Ralf Rangnikni tanqid qildi

Mirjalol Normatov
15 may 2022
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Endi Koul mankunianliklar bosh murabbiyi Ralf Rangnikni tanqid qildi.

Sobiq futbolchiga germaniyalik mutaxassisning jamoa sardorini futbolchilar o'rtasida ovoz berish yo'li bilan amalga oshirayotgani yoqmadi.

"Germaniya - Angliya emas. Agarda Maguayr yaxshi mavsumni o'tkazayotgan bo'lganida uni hech kim tanqid qilmasdi va muxlislar yangi sardor kerakligini talab qilmasdi", - dedi Koul.

Ushbu mavsumda 29 yoshli Maguayr "Yunayted" tarkibida 36 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal