Emre Jan diskvalifikaciya qilindi

Eldor Akmurzayev
31 mar 2020, 20:40
UEFA “Borussiya D” yarim himoyachisini jazoladi.

Jan Chempionlar Ligasi 1/8 final PSJga qarshi javob bahsida (2:0) Neymarni turtib yuborgani uchun evrokuboklarning ikkita o'yiniga diskvalifikaciya qilindi.

Eslatib o'tamiz, Jan Neymarga qarshi harakati uchun Parijdagi bahsning 89-daqiqasida to'g'ridan-to'g'ri qizil olib, maydonni tark etgandi. “Arilar” esa o'z ishtirokini pley-off bosqichidayoq yakunlashga majbur bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA