Emre Jan: “Agar mo'jiza yuz bermasa, “Bavariya” chempion bo'lishi aniq”

27 may 2020, 07:55
“Borussiya D” yarim himoyachisi Bundesliga 28-turida “Bavariya”ga boy berilgan bahsdan (0:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Narsalarga real ko'z bilan qarash kerak. “Bavariya” yaxshigina farqni yuzaga keltirdi. 7 ochko - bu juda ko'p. Biz o'z ishtirokimizga bor e'tiborimizni qaratishimiz kerak. Qolgan o'yinlarni yutishga harakat qilish lozim. Agar mo'jiza yuz bermaydigan bo'lsa, “Bavariya” chempionatni yutadi”, - deydi Jan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/Bayern&Germany