Emerik Laport: "Futbol muxlisi emasman"

Mirjalol Normatov
1 dek 2022
"Manchester Siti" futbolchisi Emerik Lyaport futbol o'yinlarini kuzatmasligini tan oldi.

"Futbol muxlisi emasman. To'g'risini aytsam, futbol tomosha qilishni yoqtirmayman. Xatto "Siti"ning navbatdagi uchrashuvi qachon bo'lishini ham bilmayman. Oilamdagilardan kimdir: "Ey, ertaga o'yin nechida?", deb savol bersa, "Bilmayman", deb javob beraman.

JCH-2022? Hech qaysi o'yinni tomosha qilmadim. Shu sababli mundial haqida nimadir deya olmayman", - dedi Lyaport.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal