Emeri: "Sevilya" va "Dnepr"ning imkoniyatlari teng"

Aslanov Jasurbek
15 may 2015, 10:23
"Sevilya" bosh murabbiyi Unai Emeri o'z jamoasining "Fiorentina"ni mag'lub etib (3:0, 2:0) finalga chiqqani haqida fikr bildirdi.

"Uchrashuvning natijasi haqqoniy bo'lmadi. Menga "Fiorentina"ning ikkala uchrashuvdagi o'yini yoqdi. Bu bahs uchun raqibga va o'yindan so'ng bizga qarsak chalgan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular "Sevilya" munosib ravishda finalga chiqqanini tan olishdi. Yirik hisobga qaramay, raqibda gol urish uchun juda ko'p imkoniyatlar bo'ldi.

"Dnepr" "Napoli"ni turnirdan chiqarib yubordi, demak ular kuchli raqib. Biz finalda yetakchimiz deyishni istamayman, chunki imkoniyatlar teng. Jamoamiz doimo g'alaba uchun maydonga tushadi. Bu turnir biz va muxlislarimiz uchun juda muhim. "Sevilya" yana Yevropa ligasi finaliga chiqish uchun oson yo'lni bosib o'tmadi" - deydi Emeri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com