Emeri: “Kombarov Ispaniya termasida o'ynay oladi”

9 may 2020, 00:56
“Spartak,” PSJ, “Arsenal” jamoalarining sobiq murabbiyi, ispaniyalik mutaxassis Unai Emerining fikricha, rossiyalik himoyachi Dmitriy Kombarov Ispaniya termasida ham o'ynab keta oladi.

-Siz boshqargan jamoalar orasidan Ispaniya termasida o'ynash darajasida necha nafar futbolchini sanagan bo'lardingiz?

-Ko'pchilik. Masalan Moskvaning “Spartak” jamoasidan chapaqay Dmitriy Kombarovni. U Rossiya termasida to'p tepadi. “Arsenal” va PSJdagi deyarli barcha futbolchilar Ispaniya termasida bemalol o'ynab keta olishardi”, dedi Emeri.


Manba: As