Elit OCHL. Masharipov pley-offni naqd qilgan "Al Ahli"ga qarshi, O'runov jamoasi esa "Al Shorta" bilan bellashadi

Tolibjon Qosimov
2 dek 2024, 13:46
Bugun Osiyo Elit Chempionlar ligasida 6-tur bellashuvlariga start beriladi.

Kunning dastlabki qarama-qarshiligi "Persepolis" - "Al Shorta". Hamyurtimiz Oston O'runov jamoasi bilan birga Dohaga kelgan va kechagi rasmiy mashg'ulotda to'liq harakat qilgan. Har ikkala jamoa ham ayni paytda pley-offga yo'llanma beruvchi 8talikka kirmagan.


10 ochkoga ega "Al Vasl" (BAA) uyda 4 ochkosi bor "Al Rayyan" (Qatar)ni qabul qiladi.

Yana bir hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov harakat qiladigan "Istiqlol" esa Saudiya Arabistonida "Al Ahli" mehmoni bo'ladi. Tarkibida Firmino, Mahrez, Kessie, Touni kabi yulduzlari bor saudiyaliklar o'tgan turda keyingi bosqich masalasini hal qilib bo'lishgan. Masharipov kechagi rasmiy mashg'ulotda to'liq shug'ullangan va bugungi o'yinga tayyor.


Kunning so'nggi qarama-qarshiligida Ronaldu boshchiligidagi "Al Nassr" Afif yetakchiligidagi "Al Sadd"ni mehmon qiladi.

Elit OCHL

6-tur, 02.12.2024

19:00. "Persepolis" (Eron) - "Al Shorta" (Iroq)

"Hamad bin Xalifa stedium", Doha

21:00. "Al Ahli" (S.Arabistoni) - "Istiqlol" (Eron)

"King Abdulloh Sports Siti stedium", Jidda

21:00. "Al Vasl" (BAA) - "Al Rayyan" (Qatar)

"Zabel stedium", Dubay

23:00. "Al Nassr" (S.Arabistoni) - "Al Sadd" (Qatar)

"King Saud Yuniversiti stedium", Riyod


Ma'lumot uchun, "Paxtakor" jamoasi Elit OCHLdagi 6-tur uchrashuvini ertaga, 3 dekabr kuni "Jar" stadionida OCHLning amaldagi g'olibi "Al Ayn"ga qarshi o'tkazadi.


Kutilganidek Saudiya Arabistonining 3 klubi jadvalda yetakchilik qilishmoqda. Ulardan keyingi 4-pog'onada kutilmaganda BAAning "Al Vasl" jamoasi. "Paxtakor" hisobida bor yo'g'i 3 ochko bor, lekin "sherlar"da pley-offga chiqish imkoni saqlanib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia