Eldor Suyunov: "Kutilgan natijani qayd etdik"

Narzulla Saydullayev
21 may 2014, 10:31
“Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so'ng maydon egalari posboni Eldor Suyunovdan o'yin haqidagi fikrlarini so'radik.
“Uchrashuv qiyin kechishi oldindan ma'lum edi. Chiroyli bahs bo'ldi. "Bunyodkor" uzoq parvozlar orqali kelgani sababli, ularda charchoq bo'lishini bilardik. Biz o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Umuman olganda, kerakli va kutilgan natijani qayd etdik. Muxlislar uylariga xursand holda qaytishdi. Bugun stadionda ajoyib muhit hukmronlik qildi. Shunday o'ynashda davom etishimiz zarur”, - deydi “Nasaf” darvozaboni Eldor Suyunov.

Shaxboz Beg'amov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia