Eldor Shomurodov "Rostov" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2020, 19:00
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Rostov" bilan yangi bitim tuzdi.

Bu haqda "Rostov" klubining matbuot xizmati e'lon qildi.

Shomurodov o'z klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Yangi kelishuv BAAdagi yig'inda imzolandi va unda klub prezidenti Artashes Arutyunyanc ishtirok etdi.

Shu bilan birga "Rostov"ning yana ikki futbolchisi Matias Normann va Danil Glebovlar ham 5 yillik shartnoma tuzishdi.


Eldor Shomurodov joriy mavsum Rossiya Premer-ligasining 19ta uchrashuvida maydonga tushib, 10ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia