

Uchrashuvdan so'ng “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov o'z fikrlarini bildirdi.
“Hozir juda ham tig'iz jadval to'g'ri kelib qolgan. Shuning uchun ham bizda biroz charchoq bor edi. Himoyadagi xato tufayli o'z darvozamizdan to'p olib chiqdik. Kubok bahsi ikkita o'yindan iborat bo'lganligi sababli ilk uchrashuvda ko'proq himoyaga e'tibor qaratiladi. Javob bahsida esa ko'proq gol urish kerak bo'ladi. Ushbu mag'lubiyatni esdan chiqarib keyingi o'yinlarga jiddiy e'tibor qaratish kerak. Oldimizda chempionlik masalasi turibdi”, - deydi “Bunyodkor” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov.
Jahongir Sotvoldiev.



