

- Dastlabki o'yinda natija qoniqarsiz bo'ldi. Bu borada nima degan bo'lardingiz?
- Rahbariyatdan ham, muxlislardan ham uzr so'raymiz. O'yinimiz o'xshamaganiga kelsak, futbolda mayda-chuydalar bo'lmaydi. U yerda maydonning o'ti balandroq edi, birinchi taymda shamol ham qiynadi. Mana shunday qilib maydonga moslashgunimizcha birinchi bo'lim o'tib kyetib qoldi. Ikkinchi taymda imkoniyatlar yaratdik, faqat omadimiz kelmadi. Hech qanday fojea yasash kerak emas. Birinchi uchrashuv bo'lgani sababli hayajon bo'ldi. Xatolardan xulosa chiqarib, hammani xursand qilamiz.
- Darvozabon sifatida vazifangizni bajarib, gol o'tkazib yubormadingiz. Lekin jamoangiz g'alaba qozona olmadi. Bunday vaziyatda qanchalik qoniqish hosil qildingiz?
- Bilasizmi, hech kim o'z darajasida o'yin ko'rsata olmadi, deb o'ylayman. Balki raqibni yaxshi bilmagandirmiz. Chunki “Zomin” haqida hech qanday ma'lumotga ega emasdik. Superligadan tushgan jamoa sifatida pro ligadagi saviyani yaxshi bilmasdik, bu yerda jamoalar ko'proq nostandart o'ynashadi. Eng muhimi, meni darvozamdan gol o'tkazib yubormaganimiz emas, balki jamoamning g'alabasidir.
- Muxlislarga tilaklaringiz...
- Andijondan kelib bizni qo'llab-quvvatlaganlarga katta rahmat. Biz ham kurashdik, vaziyatlar yaratdik, lekin omadimiz chopmadi. Raqibni yomon o'ynadi, deya olmayman. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Boya aytdim, bundan fojea yasash kerak emas. Hali mavsum uzoq, barchasi oldinda. Keyingi o'yinlardan g'alabalar qozonishni boshlaymiz va albatta Superligaga qaytamiz.


