"Elche" "Barsa"ga qarshi o'yin anonsida uchrashuv "Kamp Nou" stadionida o'tkazilishini ma'lum qildi

Administrator
1 okt 2025, 22:32
"Elche" "Kamp Nou"da "Barselona" bilan o'ynashga tayyorgarlik ko'rmoqda.

La Liganing 11-tur doirasidagi "Barselona" va "Elche" o'rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni bo'lib o'tadi. "Elche" o'z anonsida o'yin o'tkaziladigan joy sifatida "Kamp Nou"ni ko'rsatdi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" xavfsizlik sohasida aniqlangan muammolar tufayli hamon shahar kengashidan "Kamp Nou"da o'ynash uchun ruxsat ololmagan. Jamoaning 18 oktyabr kuni La Liga doirasida "Jirona"ga qarshi o'yinda stadionga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Bugun "Barselona" Chempionlar Ligasi doirasidagi o'yinda PSJni Olimpiya stadionida qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: x.com/elchecf