Ektor Kuper O'FA bilan qancha muddatga shartnoma tuzgan?
Aslanov Jasurbek
6 avg 2018, 15:25
Ayni damda O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani o'tkazilmoqda.
Anjumanda argentinalik mutaxassis O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan 1 yilga uzaytirish imkoni bilan 3 yillik ("3+1" sxemasida) shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, Ektor Kuper bugun tongda Toshkentga yetib keldi.