Egor Krimec "Beyjing Goan"ga ijaraga berildi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2016
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi himoyachisi Egor Krimec faoliyatini Xitoyda davom ettiradi.

Futbolchi o'zining sobiq klubi bo'lgan "Beyjing Goan"ga 2 yil muddatga ijaraga berildi. Eslatib o'tamiz, Krimec 2013 yilda aynan shu klubda ijara asosida faoliyat olib borgan edi.

"Beyjing Goan" o'tgan mavsum Xitoy Superligasida 4-o'rinni band etgandi. Klub safida argentinalik Pablo Battalya, braziliyalik Kleber kabi legionerlar to'p tepishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia