Ederson “Liverpul”ga qarshi maydonga tushmaydi

8 noya 2019, 23:50
“Manchester Siti” bosh murabbiy Pep Gvardiolaning aytishicha, jamoa darvozaboni Ederson APL 12-turi doirasida “Liverpul”ga qarshi maydonga tushmaydi.

“Ederson o'ynay olmaydi. Uning qancha vaqt maydonga tusha olmasligi menga qorong'u. Yakshanba kuni u aniq o'ynolmaydi. 

Uning o'rnini Bravo egallaydi. U o'ziga xos posbon. Chili terma jamoasi safida ko'plab muhim uchrashuvlarda maydonga tushgan. Shu bois uning mahoratiga shubha qilmayapman”, dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, Ederson YCHL 4-turi doirasida “Atalanta” (1:1)ga qarshi bahsda jarohat olgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Манчестер Сити" клуби Твиттери