

"Men bu borada Kazemiro, Vinisius va Militao bilan gaplashdim. Ularning fikricha, Karlo o'zgacha, betakror va muvaffaqiyatli murabbiy. Uni hamma yaxshi ko'radi. Yaqinda hammasi aniq bo'ladi.
Albatta, u terma jamoa boshqaruvini qo'lga olish imkoniyati yuqori va biz bu tezroq amalga oshishi tarafdorimiz.
Biz Gvardiola bilan uni Braziliya termasiga taklif qilinishi haqida xazillashib, muhokama qilgandik, ammo Pep buning imkoni yo'qligini aytdi. U yaqinda shartnomasini ikki yilga uzaytirdi va hech qanday boshqa variant yo'qligini aytdi, – deya "Manchester Siti" darvozaboni so'zlaridan iqtibos keltirdi UOL.


