Ederson: "Bavariya" - YCHL sovrini uchun asosiy favorit bo'lib oldi"

Mirjalol Normatov
8 sen 2019, 18:13
"Manchester Siti" va Braziliya termasi posboni Ederson yarim himoyachi Filippe Koutinoning "Bavariya"ga o'tgani borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bavariya" - ajoyib jamoa. Ular Koutino bilan YCHL sovrinini yutish uchun asosiy davogar bo'lib oldi. Koutino - ajoyib futbolchi. U "Barselona"dan ko'ra "Liverpul"da ajoyib ko'rsatayotgandi. "Bavariya"da esa u o'zining oldingi holatiga qayta oladi", - dedi Ederson.

"Bavariya" Koutinoni bir mavsumga 120 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express