Eden Azar Rossiyaning Jahon chempionatida guruhda qolib ketishini taxmin qildi

13 iyun 2018, 09:15
Belgiya terma jamoasi yetakchisi Eden Azar o'zining taxminlarini oshkor qildi.

Azarning fikriga ko'ra, Rossiya termasi guruhda qolib ketadi. “A” guruhidan Urugvay hamda Misr termalari pley-offga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Shuningdek, Edenning qayd etishicha, Urugvay 1/8 finalda Portugaliyani musobaqadan chiqarib yuborishi mumkin.

Belgiya termasi esa guruhda birinchi o'rinni olib, birin kyetib Polsha, Braziliya, Fransiya va Angliyani mag'lub etadi. Orzuga ayb yo'q dermidi, Azar!

Ma'lumot uchun Belgiya termasi mundial guruh bosqichida Angliya, Panama, Tunis bilan bellashadi.




O'xshash yangiliklar


Manba: Instagram