Eden Azar: "Kelasi mavsum meniki bo'lishiga ishonchim komil"

Alisher
30 may 2022, 11:55
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar kelasi mavsumda o'zini ko'rsatmoqchi.

"Kelasi mavsum meniki bo'lishiga ishonchim komil. Bu borada menda hech qanday shubha yo'q", - deydi 31 yoshli belgiyalik.

Azar yakunlangan mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'yinchining "Real" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni hozirda 16 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano