Edegor "Vest Xem"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi

Aziz Tukhtamuradov
29 dek 2023, 09:43
"Arsenal" sardori Martin Edegor "Vest Xem" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi, bir necha gol urish uchun etarli ishlar qildik. Ammo jarima maydoni ichida etarli darajada yaxshi bo'la olmadik. Biz uddalay olmagan ishlarimiz ustida ishlaymiz. 

Yaxshigina vaziyatlar yaratdik va imkoniyatlarga ega bo'ldik. Jamoa sifatida o'ynayapmiz. Darvoza oldidagi o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak. Bu butun jamoaga bog'liq. 

Mavsumning birinchi yarmidan so'ng "Arsenal"ning natijasi yomon emas. Biz o'tgan mavsumda ko'p narsa o'rgandik. Tajriba to'pladik. Umid qilamanki, bundan mavsum oxiriga qadar foydalana olamiz", - dedi Edegor.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Amazon Prime