Eddi Xau: "Bir narsa jaxlimni chiqardi"

Mirjalol Normatov
3 dek 2023
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau APLda "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Jahlimni chiqargan yagona narsa - o'yin taqdirini ertaroq hal qilmadik. O'yinni to'liqligicha nazorat qildik va yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman.

Nik Poupning jarohati sababli bahs yakunida biz uchun yoqimsiz holatlar ko'p bo'ldi. Biroq biz yaxshi himoyalandik", - dedi "Nyukasl" bosh murabbiyi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC