YCHLda hafta futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
11 iyun 2023, 12:12
UEFA matbuot xizmati YCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni ma'lum qildi.

Kecha YCHL finalida "Manchester Siti" va "Inter" o'zaro bahs olib bordi. Unda "shaharliklar" kichik hisobda g'alabaga erishdi.

Bahsda "Man Siti" xavbeki Rodri hal qiluvchi golni urdi va 11,85 km masofani bosib o'tib, 95 foiz aniq uzatmalarni amalga oshirdi.

Shuningdek, uning jamoadoshi 11,25 km masofani bosib o'tgan Bernardu Silva o'yinda maksimal tezlik qayd etdi - 30,9 km/soat. U 81 foiz aniq paslar amalga oshirdi.

Undan tashqari, o'yinda 5 marta jamoasini goldan qutqarib qolgan "Manchester Siti" darvozaboni Ederson hamda 3ta seyv namoyish qilgan "Inter" posboni Andre Onana ham haftaning eng yaxshisi bo'lish uchun nomzod qilib ko'rsatilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com