YCHL. Zidan Madridda "bo'rilar"ni "zambarak"dan o'qqa tutdi, "Siti"ni esa sobiq "bo'ri" De Bryuyne yarim finalga olib chiqdi

13 apr 2016, 01:00
Yevropa chempionlar ligasi chorak final to'qnashuvlarining javob o'yinlari boshlanmoqda.


Yevropa chempionlar ligasi.

Chorak final.

Javob uchrashuvlari.
 
Real Madrid Ispaniya – Volfsburg Germaniya 3:0

Santyago Bernabeu

Gollar: Ronaldu (16, 17, 77)

Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Varan, 90), Kazemiro, Kroos, Beyl, Ronaldu, Benzema (Xese, 84).

Volfsburg
– Benalo, Dante, Naldo, Rodriges, Vieyrinya, Shyurrle, Luis Gustavo, Arnold, Gilavogi (Dost, 80), Draksler (Kruze, 32), Bruno Enrike (Kalidjuri, 72).

Ogohlantirishlar
: Arnold (45), Luis Gustavo (76), Ronaldu (80), Dante (85), Vieyrinya (90).

Birinchi o'yin - 0:2.

- "Real" juda shiddatkor futbol o'ynamoqda. Ketma-ket hujumlarning navbatdagisi gol bilan yakunlandi. Karvaxalning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini Ronaldu ortiqcha qiyinchiliksiz darvoza to'riga kiritdi jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Keyingi hujumda esa mezbonlar burchak zarbasi ishlab oldi. Kroosning oshirib bergan to'pini yana o'sha tinib-tinchimas Ronaldu boshi bilan darvozaga aniq yo'naltirdi - 2:0. Har ikkala o'yin natijasiga ko'ra, kuchlar teng bo'ldi.
O'yin tugashiga 13 daqiqa qolganida yana o'sha Ronaldu "bo'rilar" darvozasiga jarima zarbasidan juda chiroyli golni kiritdi va jamoasiga yarim final chiptasini olib berdi.


Ikki daqiqa ichida ikkita to'p kiritib, "Volfsburg" bilan o'yindagi muvozanatni tiklagan ajabtovur futbolchi - Ronaldu.


Manchester Siti Angliya - PSJ Fransiya 1:0

"Etihad stedium".

Gol: De Bryuyne (76)

Manchester Siti – Xart, Otamendi, Klishi, Sanya, Mangalya, Fernando, Fernandino, de Bryuyne (Ture, 84), Navas, Silva (Delf, 87), Aguero (Ixeanacho, 90).

PSJ
– Trapp, Tiago Silva, Markinos, Maksvell, Ore (Pastore, 61), Di Mariya, Rabo, Motta (Lukas, 44), van der Vil, Ibragimovich, Kavani.

Ogohlantirishlar
: Trapp (29), Pastore (67), van der Vil (68), Fernandino (72).

Birinchi o'yin - 2:2


- Uchrashuvning 29-daqiqasida "Manchester Siti" 11-metrlik jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Ammo buni jabrlanuvchining o'zi Aguero muvaffaqiyatli amalga oshira olmadi.

"Manchester Siti"ni yarim finalga etaklab o'tgan gol muallifi esa De Bryuyne bo'ldi.


Aguero penaltini aniq amalga oshira olmaganidan ranjimoqda...

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia