YCHL. 1/8 finaldan o'rin olgan navbatdagi javob bahsi qoldirildi

Eldor Akmurzayev
12 mar 2020, 21:35
Avvalroq, 1/8 finaldan o'rin olgan “Man Siti” – “Real” (birinchi o'yin – 2:1) o'rtasidagi javob o'yini 18 martda o'tmasligi haqda xabar qilgandik.

Shuningdek, “Yuventus” – “Lion” (ilk o'yin – 0:1) jamoalarining 17 martdagi bahsi ham noma'lum muddatga qoldirildi. 

Eslatib o'tamiz, turinliklar himoyachisi Daniele Rugani kronavirusni yuqtirgani bois butun jamoa karantinga olingan.

Qoldirilgan o'yinlarning yangi sanasi yaqin vaqtlar ichida ma'lum bo'ladi.

Shuningdek, UEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi joriy mavsum bahslarini to'xtatishni ko'rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA