YCHL. Son Xen Min ikkita turli klubda gol urgan ikkinchi osiyolik futbolchi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2016, 01:23
"Tottenxem" klubi hujumchisi Son Xen Min bugun SSKAga qarshi o'yinda gol urdi.

Shu tariqa, koreyalik futbolchi Yevropa chempionlar ligasida o'zining ikkinchi klubi safida gol urdi. Bundan oldin u "Bayer" safida bu musobaqada to'p kiritgandi.

Son Xen Min bunday natijaga erishgan osiyolik ikkinchi futbolchiga aylandi. Oldinroq uning hamyurti Pak Ji Sun PSV hamda "Manchester Yunayted" safida YCHLda gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive