YCHL. Seshanba kungi qahramonlar FOTO

Narzulla Saydullayev
21 okt 2015, 14:33
Seshanba oqshomida Yevropa chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan dastlabki 8ta o'yin bo'lib o'tdi.

Biz kechagi o'yinlarda o'zini ko'rsatgan o'yinchilarni sizlarga namoyish etishga qaror qildik.


BATE - "Barselona" 0:2
O'yinda dublga erishgan Ivan Rakitich haqli ravishda qahramonga aylandi.



"Bayer" - "Roma" 4:4
Bu uchrashuvda mezbonlardan Xaver Ernandes, mehmonlardan Daniele De Rossi dublga erishdi. Har ikkala futbolchini qahramon sifatida tanladik.



"Arsenal" - "Bavariya" 2:0
Ektor Bellerin o'yin davomida Duglas Kostaga o'yin bermadi. Bundan tashqari bahs so'nggida aynan uning to'p uzatishidan so'ng Mesut Ozil gol urdi.



"Portu" - "Makkabi T-A" 2:0
Portugaliya klubi safida gol urgan va golli pas oshirgan Vensan Abubakarni keyingi mavsum qaysidir top klub sotib olsa kerak.



"Zenit" - "Lion" 3:1
Piterliklarning ikkita goli urilishida katta xissa qo'shgan Oleg Shatovni qahramon deb topdik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia