YCHL. Ronaldu guruh bosqichida 11ta gol urib rekordni yangiladi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2015, 08:29
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu guruh bosqichida 11ta gol urishga erishdi.

Shunday qilib, 30 yoshli portugaliyalik futbolchi Chempionlar ligasining rekordini yangiladi. Oldingi rekord Luis Adrianoga tegishli edi. U Shaxter safida guruh bosqichida 9ta gol urgandi.

Ronaldu Real safida evrokubokda pokerga erishgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi. Oldinroq Alfredo Di Stefano, Ferenc Pushkash va Ugo Sanches bitta o'yinda to'rtta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe