YCHL. “Real” Ramossiz o'tgan so'nggi 8 bahsning 7 tasida yutqazdi

Eldor Akmurzayev
22 okt 2020, 00:25
Biroz oldin Chempionlar Ligasi ilk turidan o'rin olgan “Real” hamda “Shaxtyor” o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi va unda kutilmaganda donecliklar 3:2 hisobida zafar quchishdi.

Ushbu bahsni jarohati bois madridliklar sardori Serxio Ramos o'tkazib yubordi.

Shunday qilib, “qirollik klubi” Ramossiz YCHL doirasida o'tgan so'nggi 8 uchrashuvning 7 tasida mag'lubiyatga uchradi. Qo'shimchasiga, "Real" 1961 yildan beri ilk bor evrokuboklarda qatorasiga 3 o'yinda yutqazdi.

Eslatib o'tamiz, bugun “Real” markaziy himoyasida Rafael Varan – Eder Militao tandemi o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Gracenote Live