

"A" GURUHI
1. PSJ (Fransiya)
2. "Real" (Ispaniya)
3. "Bryugge" (Belgiya)
4. "Galatasaray" (Turkiya)
"B" GURUHI
1. "Bavariya" (Germaniya)
2. "Tottenxem" (Angliya)
3. "Olimpiakos" (Gretsiya)
4. "Crvena Zvezda" (Serbiya)
"S" GURUHI
1. "Manchester Siti" (Angliya)
2. "Shaxtyor" (Ukraina)
3. "Dinamo Zagreb" (Xorvatiya)
4. "Atalanta" (Italiya)
"D" GURUHI
1. "Yuventus" (Italiya)
2. "Atletiko" (Ispaniya)
3. "Bayer Leverkuzen" (Germaniya)
4. "Lokomotiv" (Rossiya)
"E" GURUHI
1. "Liverpul" (Angliya)
2. "Napoli" (Italiya)
3. "Zalcburg" (Avstriya)
4. "Genk" (Belgiya)
"F" GURUHI
1. "Barselona" (Ispaniya)
2. "Borussiya D" (Germaniya)
3. "Inter" (Italiya)
4. "Slaviya Praga" (Chexiya)
"G" GURUHI
1. "Zenit" (Rossiya)
2. "Benfika" (Portugaliya)
3. "Lion" (Fransiya)
4. "Leyptsig" (Germaniya)
"H" GURUHI
1. "Chelsi" (Angliya)
2. "Ayaks" (Gollandiya)
3. "Valensiya" (Ispaniya)
4. "Lill" (Fransiya)

22:17. UEFA Chempionlar ligasi 2018/2019 mavsumining eng yaxshi futbolchisi - Virjil van Deyk

22:07. UEFA Chempionlar ligasi 2018/2019 mavsumining eng yaxshi ayol futbolchisi - Lusi Bronz

22:00. UEFA "feyr-pley" (#EQUALGAME) sovrini sohibi - "Borussiya D" jamoasi
21:50. UEFA Chempionlar ligasi 2018/2019 mavsumining eng yaxshi hujumchisi - Lionel Messi

21:40. UEFA Chempionlar ligasi 2018/2019 mavsumining eng yaxshi yarim himoyachisi - Frenki de Yong

21:30. UEFA Chempionlar ligasi 2018/2019 mavsumining eng yaxshi himoyachisi - Virjil van Deyk

21.27. UEFA Chempionlar ligasi 2019/2020 - Guruh bosqichiga qur'a boshlandi.
21:25. Chempionlar ligasi direktori Jorjio Marketti sahnaga taklif etildi
21:20. UEFA Chempionlar ligasi 2018/2019 mavsumning eng yaxshi darvozaboni - Alisson Bekker.

21:16. Marosimning ikkinchi maxsus mehmoni - Petr Chex. U ham Snayder kabi shu yili futbolchilik faoliyatini yakunladi.
21:15. Messi, Ronaldu, van Deyk shu erda

21:14. Uesli Snayder sahnaga taklif etildi.
21:12. 2020 yil Istanbulda bo'ladigan final elchisi Xamid Altinto'p sahnada jurnalistlar fikriga javob qaytarmoqda.
21:10. 2005 yili Istanbulda o'tkazilgan final esga olindi. Sababi, mazkur mavsum finali ham aynan o'sha stadionda o'tkaziladi.
21:07. 53 yoshli Erik Kantona UEFA rahbari Aleksandr Cheferindan prezident sovrinini qabul qilib oldi.
21:05. Sahnaga UEFA rahbari Aleksandr Cheferin chiqib kelmoqda
21:03. O'tgan mavsumning esda qolarli vaziyatlari namoyish etilmoqda.
21:01. Tadbir boshlandi! Uni Pedru Pintu chiqish so'zi orqali ochib berdi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! UEFA Chempionlar ligasining yangi mavsumi boshlanmoqda. Bir necha soniyalardan so'ng guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Guruh bosqichida 32 jamoa qatnashadi. 4 ta savatchaga 32 ta jamoa teng ajratilgan. Har bir savatchadan bittadan klub tanlab olinadi va hamma o'z raqiblarini bilib oladi.
FOTO UEFA. Bugungi marosimda qatnashish uchun bir qator futbolchilar yetib kelishdi
Ularning orasida Krishtianu Ronaldu ham bor.


Rossiya va Ukraina jamoalar siyosiy vaziyat tufayli bir guruhda bo'la olishmaydi. Shuningdek, bitta davlatdan 2 klub ham guruh bosqichida to'qnash kelmaydi.
Shuningdek, bugungi marosimda quyidagi nominaciya bo'yicha g'oliblar aniqlanadi:
• O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra UEFAning eng yaxshi futbolchisi
• O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra UEFAning eng yaxshi ayol futbolchisi
• YCHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi darvozaboni
• YCHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi himoyachisi
• YCHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi yarim himoyachisi
• YCHL 2018/19 mavsumining eng yaxshi hujumchisi

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Real" futbolchisi Luka Modrich UEFAning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Joriy yil esa g'oliblikka davogar futbolchilar qatoridan Lionel Messi (Barselona, Argentina), Virjil Van Deyk (Liverpul, Gollandiya), Krishtianu Ronaldu (Yuventus, Portugaliya) o'rin olgan.



