YCHL. Pedru Gonsalvesh – hafta futbolchisi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2021, 21:29
"Borussiya"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan "Sporting" a'zosi haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

UEFA ovoz berish natijalarini e'lon qildi. Unga ko'ra, "Sporting" hujumkor yarim himoyachisi Pedru Gonsalvesh eng yaxshi deb topildi.

U "Borussiya"ga qarshi uchrashuvda (3:1) dubl qayd etib, bitta golli uzatmani amalga oshirgandi. 

Mukofot uchun Edin Jeko ("Inter"), Emil Sorsberg ("Leyptsig") va Sebastyan Aller ("Ayaks) da'vogarlik qilishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com