

Gollandiyalik himoyachi "Barselona"ga qarshi "Kamp Nou" stadionida o'tgan bahs davomida 34,5 km/soat tezlik ko'rsatgandi. O'sha vaziyatda kataloniyaliklar qarshi hujumga o'tib ketishmoqchi bo'lishdi va buning uddasidan ham chiqishgandi. Ammo, van Deykning super tezligi evaziga hujum gol bilan yakunlanmay qolganini takidlash lozim.



