YCHL. Messi 100ta golni Ronaldudan tezroq urdi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2018, 09:40
Barselona hujumchisi Lionel Messi YCHL 1/8 finali doirasida Chelsiga qarshi o'yinda (3:0) ikkita gol urdi.

Argentinalik futbolchi YCHLda o'zining 99 va 100-gollarini urdi. Leo 100 lik dovonini Krishtianu Ronaldudan keyin zabt etgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Ammo Messi 100ta golni Krishtianudan tezroq urishga erishdi. 100ta to'p kiritish uchun "Barselona" hujumchisiga 123ta, "Real" hujumchisiga esa 137ta o'yin kerak bo'ldi.

O'z navbatida Ispaniya chempionatida Ronaldu 300ta golni Messidan tezroq urgan edi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe