YCHL. Salah va Firmino “Roma”ni nokautga uchratdi

25 apr 2018, 01:37
Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o'yinida Klopp shogirdlari Rimning “Roma”sini o'z maydonida qabul qiladi.

Uchrashuvning muhim vaziyatlarini shu yerda kuzatib borishingiz mumkin.


“Liverpul”: Karius, Aleksander-Arnold, van Deyk, Lovren, Robertson, Xenderson, Milner, Oksleyd-Chemberlen, Saloh, Mane, Firmino.

Zaxira: Minole, Klayn, Klavan, Moreno, Veynaldum, Ings, Solanke.

“Roma”: Alison, Florenci, Manolas, Fasio, Juan Jezus, Kolarov, De Rossi, Naynggolan, Strotman, Under, Jeko.

Zaxira: Skorupski, Bruno Peres, Pellegrini, Gonalon, Perotti, El-Shaaravi, Shik.

Uchrashuv yakunlandi. Hisob 5:2. Klopp shogirdlari foydasiga.

85-daqiqa. To'p Milner qo'liga tegdi, hakam penalti belgiladi. Perotti hisobni 5:2 ga qisqartirdi. Saloh erta chiqarib yuborilmadimi, janob Klopp?

82-daqiqa. Edin Jeko hisobni qisqartirdi 5:1.

75-daqiqa. O'yin nafaqat o'yin, mavsum qahramoni Saloh o'z o'rnini Denni Ingzga bo'shatib berdi.

69-daqiqa. Firmino 2-golini urdi. Burchakdan oshirib berilgan to'pni Roberto boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. “Roma” butunlay nokautga uchratildi.

62-daqiqa. Gooooooooooooool!!! Salah to'pni yana qizg'anmasdan, bu safar Firminoga oshirdi. Roberto esa hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi.

56-daqiqa. Goool!!! Salah to'pni qizg'anmasdan, Manega oshirdi. Sadio esa hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi.

Tanaffus, Salah birinchi bo'limda “Roma”ni mag'lub etdi.

Muhammad Salah ikkinchi golini ham nishonlamadi, shunchaki qoyil qolish kerak.

45-daqiqa. Salah, Salah, Salah, Salah, Salah. Muhammad Salah Alisson ustidan to'pni ohista tashlab, hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi.

Sobiq jamoasiga gol urgan Muhammad Salah “Roma” muxlislaridan uzr so'radi. Hurmatga loyiq futbolchi va inson!

35-daqiqa. Daxshat!!! GOOOOLLLL! Muhammad Salah jarima maydonchasi ichidan kuchli zarba yo'llab hisobni ochdi!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia