YCHL hamda Yevropa Ligasining hal qiluvchi bahslari o'zgacha formatda o'tishi mumkin

Eldor Akmurzayev
15 mar 2020, 16:30
Koronavirus pandemiyasi sabab YCHL va Yevropa Ligasi bahslari qoldirilgan edi.

UEFA bosh kotibi Jorjio Marketti mazkur turnirlarning hal qiluvchi bahslarini basketbol bo'yicha Evroliganing “to'rtlik finali” kabi o'tkazishni taklif qilmoqda. 

Mazkur formatda yarim final bahslari bitta o'yindan iborat bo'ladi va ular neytral maydonda o'tkaziladi hamda g'olib nomi ham keyinroq shu yerda aniqlanadi. 

Xulosa qilib, yarim final va final bosqichi o'yinlari uchun taxminan bir hafta vaqt ketadi. Marketti bu taklifini 17 mart kuni bo'lib o'tadigan tashkilot yig'ilishida taqdim qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA