YCHL. Haftaning eng chiroyli goli nomiga da'vogarlar ma'lum bo'ldi

18 apr 2019, 07:17
UEFA 4 nafar nomzod nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra, “Barselona” hujumchisi Leo Messi hamda Filippe Koutino, “Ayaks” yarim himoyachisi David Neres hamda “Manchester Siti” vingeri Rahim Sterlinglar tomonidan 1/4 final bahslarida kiritilgan gollar haftaning eng chiroyli goli bo'lish uchun nomzod sifatida taqdim etildi. Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida 19 aprel sanasiga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com