YCHL finali oldidan 2800 ta soxta chipta skanerdan o'tkazilgan

Narzulla Saydullayev
31 may 2022
YCHL finali atrofidagi muammolarning qo'shimcha tafsilotlari ma'lum bo'lib bormoqda.

Yevropa Chempionlar Ligasi final o'yiniga kirish chog'ida stadion hodimlari 2800 ta sohta chiptani skanerdan o'tkazishgani ma'lum bo'ldi. Bu chiptalarning barchasi "Liverpul" muxlislari kiritiluvchi joyda aniqlangan. 

Avvalroq, Parijdagi finalga 30-40 ming muxlis noqonuniy tarzda kirishga uringani aytilgandi. Shu bilan birga, 2700 nafar muxlis qo'lida haqiqiy chiptasi bo'la turib finalga kira olmagan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: RMC Sport