

Real – Bavariya
Seshanba, 23:45, Madrid, "Santyago Bernabeu".
Bosh hakam – Juneyt Chaqir (Turkiya).
Diskvalifikaciya: yo'q
Jarohatlangan: Dani Karvaxal, Isko - Manuel Noyer, Jerom Boateng, Arturo Vidal, Aren Robben, Kingsli Koman
Dastlabki uchrashuvda "Bavariya" o'z maydonida ayrimlarning aytishiga ko'ra, sensacion tarzda mag'lub bo'ldi. O'shanda katta tashabbusga erishgan myunxenliklar yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishmadi. Shuningdek, Aren Robben va Jerom Boatengning jarohati ham "Bavariya"ning zarariga ishladi.
Agarda "Real" YCHL finaliga chiqadigan bo'lsa, ko'hna qitaning nufuzli turniri hal qiluvchi uchrashuviga ketma ket 3-marta yetib kelgan hisoblanadi. Agarda "Bavariya"ning omadi keladigan bo'lsa, ular uchun bu final 2012/13 yilgi mavsumdan keyin birinchisi bo'ladi.
TAXMINIY TARKIBLAR

QIZIQARLI FAKTLAR
- Pley-offning ilk uchrashuvida o'z maydonida mag'lub bo'lib, keyingi bahsda g'alabaga erishib, navbatdagi bosqichga o'tish holati YCHL tarixida ikki marta sodir bo'lgan. YCHL-1995/96 yilgi mavsumda "Ayaks" o'z maydonida "Panatinaikos"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ladi. Biroq javob bahsida Gretsiyada 3:0 hisobida g'alabaga qozondi. 2010/11 yilda esa "Bavariya" safarda "Inter"ni 1:0 hisobida dog'da qoldiradi. Javob uchrashuvida esa milanliklar 3:2 hisobi bilan raqibni mag'lub etadi.
- "Bavariya" va "Real" YCHLda o'zaro o'yin o'tkazish borasida rekordchi hisoblanishadi. Bugun ularning o'zaro 26-bahsi o'tkaziladi. Ushbu jamoalar YCHL yarim finalida 7-bora to'qnash kelishmoqda.
- "Real" ketma-ket 8-bora YCHL yarim finaliga yetib keldi.

- "Real" "Bavariya" bilan o'tgan so'nggi 6 uchrashuvda faqatgina g'alabaga erishgan. To'plar farqi - 15:5.
- Ronaldu "Bavariya" bilan o'tgan so'nggi 4 o'yinda 7 gol kiritdi.
- “Real” YCHL sovrinini ketma-ket 2 marta qo'lga kiritgan yagona jamoa.
- Jamoalar o'zaro 25 uchrashuv o'tkazishgan. Shularning 12tasida "Real", 11tasida "Bavariya"ning qo'li baland kelgan. 2 bahsda g'olib aniqlanmagan. Germaniya jamoasi 37, Madrid klubi 39 gol kiritgan.
JAMOALARNING SO'NGGI O'ZARO UCHRASHUVI
25.04.2018. Germaniya. Myunxen. "Allyanc-Arena"
"Bavariya" (Myunxen, Germaniya) - "Real" (Madrid, Ispaniya) 1:2
Gollar: Kimmix, 28 - Marselo, 44, Asensio, 57
"Bavariya": Ulrayx, Kimmix, Boateng (Zyule, 34), Xummels, Rafinya, Xavi Martines (Tolisso, 75), Xames, Myuller, Robben (Alkantara, 8), Riberi, Levandovski
"Real": Navas, Karvaxal (Benzema, 67), Varan, Ramos, Marselo, Kazemiro (Kovachich, 83), Modrich, Kroos, Vaskes, Isko (Asensio, 46), Ronaldu
Ogohlantirish: Riberi, 52 - Kazemiro, 78
JAMOALARNING O'ZARO SO'NGGI 10 UCHRASHUVI
Bavariya – Real Madrid 1:2 (Chempionlar ligasi 2017/18, 1/2 final)
Real Madrid - Bavariya 4:2 (Chempionlar ligasi 2016/17, 1/4 final)
Bavariya – Real Madrid 1:2 (Chempionlar ligasi 2016/17, 1/4 final)
Bavariya – Real Madrid 0:4 (Chempionlar ligasi 2013/14, 1/2 final)
Real Madrid – Bavariya 1:0 (Chempionlar ligasi 2013/14, 1/2 final)
Real Madrid – Bavariya 2:1 (Chempionlar ligasi 2011/12, 1/2 final)
Bavariya – Real Madrid 2:1 (Chempionlar ligasi 2011/12, 1/2 final)
Bavariya – Real Madrid 2:1 (Chempionlar ligasi 2006/07, 1/8 final)
Real Madrid – Bavariya 3:2 (Chempionlar ligasi 2006/07, 1/8 final)
Real Madrid – Bavariya 1:0 (Chempionlar ligasi 2003/04, 1/8 final)




