

Ukrainaning "Shaxtyor" klubi bugun Myonxengladbaxda mehmon bo'ldi. Biroz avval yakuniga etgan bahsda nemislarning qo'li baland keldi (4:0). Ushbu g'alabadan keyin "Borussiya" hisobidagi ochkolar sonini 8 taga etkazib oldi va B guruhida peshqadamlikni mustahkamlab oldi → TURNIR JADVALI
Borussiya M (Germaniya) – Shaxter (Ukraina) 4:0
25 noyabr, 22.55, Borussiya-Park
Gollar:
1:0 – 17, penalti Shtindl, 2:0 – 34 Elvedi, 3:0 – 45 Embolo, 4:0 – 77 Vendt.
Borussiya M – Zommer, Layner, Ginter, Elvedi, Vendt, Shtindl (Benesh, 81), Noyxaus (Zakariya, 69), Lazaro (Xerrmann, 69), Kramer, Embolo (Plea, 69), Tyuram (Traore, 84).
Shaxter – Pyatov, Matvienko, Krivcov, Bondar, Dodo, Stepanenko, Alan Patrik (Maykon, 81), Solomon (Fernando Pedro, 59), Marlos (Markos Antonio, 71), Tete, Moraes.
Ogohlantirishlar:
Stepanenko (45), Lazaro (48), Layner (90).




