YCHL. "Barselona" - "Manchester Yunayted" 3:0

YCHL chorak finalning markaziy uchrashuvida Messi va uning jamoadoshlari yarim finalga yo'l olishdi.

O'yinni onlayn translyatsiyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Barselona Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 3:0

Kamp Nou

Gollar: 1:0 – 16 Messi, 2:0 – 20 Messi, 3:0 – 61 Koutino.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 71), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 75), Koutino (Dembele, 81), Messi, Suares.

Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Yang, Djons, Lindelef, Lingard (Sanches, 80), Fred, Pogba, Maktomini, Marsyal (Diogu Dalot, 65), Reshford (Lukaku, 73).

Ogohlantirish: Suares (77).

Dastlabki uchrashuv - 1:0.

                           MATNLI TRANSLYATSIYA

                                   YANGILASH

90. "Manchester Yunayted" bitta gol urish uchun harakat qilmoqda. Ter Shtegendan yana bir seyv.

81. O'zgarish. Koutino o'rniga Dembele tushdi.

79. Jessi Lingardda imkoniyat bo'lgan edi. Vaziyatdan naf chiqara olmadi angliyalik vinger.

77. Luis Suares germaniyalik hakam tomonidan ogohlantirildi.

75. O'zgarish. Artur o'rniga Vidal qolgan daqiqalarda harakat qiladi.

73. O'zgarish. Reshford o'rniga Lukaku tushirildi.

71. O'zgarish. Roberto o'riga Semedu tushdi.

65. O'zgarish. Marsyal o'rniga Dalot tushdi.

61. Ajoyib nuqta! 3:0. Koutino o'z ijrosida betakror gol urdi va katta ehtimol bilan bahs taqdirini hal qilmoqda.

60. Pogba maqsadsiz zarba berdi va natija ham shunga yarasha

57. Reshord va Pike to'qnashib kyetishdi. Feliks Brix hech qanday qoida buzilmaganini qayd etdi.

52. Ikkinchi taymni kataloniyaliklar ancha faol boshlashdi. To'liq ustunlik Ernesto Valverde shogirdlari tomonida

46. Ikkinchi bo'lim start oldi. Mazkkur bellashuvda penaltilar seriyasi bo'lmasligi kundek ravshan. 

Birinchi bo'lim yakunlandi! Tanaffus

Joriy mavsum YCHLda Messi 10 ta gol urib peshqadamlik qilmoqda

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

41. Rakitich boshi bilan zarba berdi. MYU tushukunlikda.

38. Pol Pogbaning bergan zarbasini ter Shtegen qaytardi. Ajoyib seyv.

27. O'yinda intriga yo'qolib qolgandek. Sulsher jamoasini qo'rqinchli tunda uyg'ota olishi kerak!

20. MESSI dublni rasmiylashtirdi - 2:0. De Xeaning xatosi MYUga qimmatga tushmoqda.

16. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MESSI! 1:0. 20 metrlar atrofida Leo Eshli Yangdan to'pni olib qo'ygan holda, o'z uslubida zarba berdi va hisob ochildi.

15. Jons raqibi Xordi Albaning xavfli uzatmasini bartaraf etdi.  

12. Penalti yo'q!

10. "Barselona" birinchi xavfli vaziyat uyushtirdi. Rakitich jarima maydonida "yiqilib tushdi". VARga murojaat qilinmoqda.

4. MYU to'pni nazorat qilmoqda, kataloniyaliklarga umuman imkoniyat bermayapti.

1. Reshford va Maktominayda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Ammo, hozircha hisob 0:0.

- Uchrashuvni MYU boshladi!

Dastlabki o'yinda "Barselona" kichik 1:0 hisobida g'alaba qozongan. Birozdan so'ng, "Kamp Nou" stadioni "yonadi"


Manba: championat.asia