Chempionlar Ligasi 1/8 final o'yinida ushbu jamoalar ro'baro bo'lishganidayoq, ko'pchilik Parij jamoasiga nisbatan osonroq raqib tushdi deyishgandi. Bu jamoalar tarkibiga nazar tashlasak, albatta PSJ jamoasidagi ko'plab yorqin yulduzlarga ko'zimiz tushishi tabiiy. Bu borada Loran Blan shogirdlari ancha tajribali hisoblanishadi. "Bayer" tarkibida asosan futbolga chanqoq yoshlar va bir necha etarli tajriba ega futbolchilar jamlanishgan. Zlatan Ibragimovich yoki Edison Kavanidek ijrochilar yo'q bo'lsada, Son Xin Min va Emre Jan kabi iqtidorli yoshlar ega Leverkuzenliklar. "Bayer"ni ustunroq jihati bu ularning o'z maydonlarida o'ynashlari va o'z muxlislari ko'magiga tayanishlari deb aytish mumkin. Sami Xyuyupya o'z jamoasi bilan bu mavsumda har ikki frontda ham yaxshi ishtirok etmoqda. Leverkuzenliklar chempionatda ikkinchi pog'onada borayotgan bo'lishsa, Chempionlar Ligasida guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashgani bunga misol bo'la oladi. Bu o'yin favoriti PSJning ishlari ham a'lo darajada. Bu klub Fransiya chempionatida peshqadamlikni saqlab turibdi va jamoa Chempionlar Ligasida ham o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan.
"Bayer" himoyachisi Spaxichni bugungi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi. Shuningdek, "PSJ" klubi snayperi Edison Kavani ham o'z jarohatini davolash bilan band.
Bugungi bellashuvda har ikkala jamoa ham iloji boricha keyingi bahsga qadar o'z imkoniyatlarini yaxshilab olishga o'rinib ko'rishadi.
Chempionlar Ligasi, 1/8 final.
"Bayer" - "PSJ"
Taxminiy tarkiblar:
"Bayer": Leno, Xilbert, Topraq, Vollshayd, Sem, Guardado, Kastro, Rolfes, Bender, Kissling, Son Xin Min.
"PSJ": Sirigu, Maksvell, Tiago Silva, van der Vil, Markinos, Matyuidi, Veratti, Moura, Motta, Ibragimovich, Lavezzi.
Boshlanish vaqti: 00:45 (NTV-PLYUS Futbol2)
Shahboz Beg'amov